21 ta maqollar ESHAK haqida
Ushbu sahifada eshak so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Ishi yo‘q eshak hurkitar.
- Yuki yengil eshak yotag’on bo’lar.
- Eshakning go‘shti harom,
Mehnati — halol. - Ko‘p gap — eshakka yuk.
- Ish bitdi,
Eshak loydan o’tdi. - Eshakning qo‘rqog‘i suvdan o‘tmas.
- Eshak qirqqa kirganda ham qiliq chiqarar.
- Eshak maslahatlashib hangramas.
- Yo eshakni yukka elt,
Yo — yukni eshakka. - Eski shoyi eshakka ham to’qim bo’lmas.
- Ochko‘z eshak to‘rva teshar.
- Bu eshak — o‘sha eshak,
To’qimi boshqa eshak. - Eshak buloqni bulg’ab suv ichar.
- Eshak to‘qim tanlamas.
- Eshakka atlas to’qim ursang ham, bari bir eshak.
- Eshakning hangrashi to‘yda avjga chiqar.
- Eshakni urgan bilan ot bollmas.
- Teshik ko‘prikdan eshak o‘tmas.
- Egasiz eshakni bo‘ri yer.
- Eshak minganning oyog’i tinmas.
- Eshakka pashmakdan xashak yaxshi.