16 ta maqollar yaxshilik va ezgulik haqida

Ushbu sahifada yaxshilik va ezgulik haqida o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Ezgulikning kechi yo'q.
  2. Yaxshilik ikki jahonni orttirar.
  3. Yaxshilik qil, uyingga aytma.
  4. Yaxshilik qilsang, yashir,
    Yaxshilik ko'rsang, oshir.
  5. Daryoga yaxshilik qilsang,
    Ajrini biyobondan topasan.
  6. Yovdan yaxshilik chiqmas.
  7. Yaxshi bilan sirdosh bo'lsang,
    Yaxshilik bilan unasan.
  8. El yaxshilikni unutmas.
  9. Yaxshilik nur keltirar,
    Yomonlik — zulmat.
  10. Yaxshilik eksa, esonlik o'rar.
  11. Yaxshilik qil, daryoga tashla,
    Baliq bilar,
    Baliq bilmasa, xoliq bilar.
  12. Yaxshilik qilmasang, yomonlik ham qilma.
  13. Yaxshi-yaxshi desa,
    Kunda tariqday yaxshilik qo'shilar emish.
  14. Oltin yerda qolmas,
    Yaxshilik — yo'lda.
  15. Xayrli ishning kechi yo'q.
  16. Xayrli ishning xayrixohi ko'p.

→ Boshqa mavzular bo’yicha o’zbekcha maqollar