19 ta maqollar farosat, odob axloq, xulq atvor haqida

Ushbu sahifada farosat, odob axloq, xulq atvor va tarbiya so'zlari ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Aql-farosat — nisbi karomat.
  2. Shogirdning befarosati
    Ustozni muttaham qilar.
  3. Til — aqlning qilichi, farosat — g'ilofi.
  4. Farosatni befarasotdan o'rgan.
  5. Farosatsiz odamdan til bilmas hayvon yaxshi.
  6. Farosatsiz falokatga yo'liqar.
  7. Aql bilan odob egizak.
  8. Inson — odobi bilan,
    Osmon — oftobi bilan.
  9. Odob bozorda sotilmas.
  10. Odob — oltindan qimmat.
  11. Odobli o'g'il — ko'kdagi yulduz,
    Odobli qiz — yoqadagi qunduz.
  12. Odobni beodobdan o'rgan.
  13. Odobning — boshi til.
  14. Husn husn emas, odob husn.
  15. Suv bilan ekin o'sar,
    Tarbiya bilan — odam.
  16. Turqi buzuqdan xulqi buzuq yomon.
  17. Yaxshi xulq — kishining husni.
  18. Husn xulqi bilan chiroyli.
  19. Xushxulqlik — jamol,
    Kamtarlik — kamol.

→ Boshqa mavzular bo’yicha o’zbekcha maqollar