65 ta maqollar farzand, qiz, o'g'il haqida

Ushbu sahifada farzand, qiz, o'g'il, bola so'zlari ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Bola — loy, ona — kulol.
  2. Erka tutsa onasi,
    Taltayadi bolasi.
  3. Farzandni boqish qiyin,
    Farzandga yoqish qiyin.
  4. Yaxshi farzand — gul,
    Yomoni — bir pul.
  5. Bola — aziz, odobi undan aziz.
  6. Odobli bola elga manzur.
  7. Yaxshi ko'rsang bolasin,
    Izzat qilgin onasin.
  8. Yomon farzand ota-onani yerga qaratar,
    Yaxshi farzand ota-onani elga oralatar.
  9. Qobil farzand — jonga payvand.
  10. Abjir bo'lsa farzanding,
    Cho'ldan non terar.
    Yalqov bo'lsa farzanding,
    Yerdan don termas.
  11. Ota-ona — davlating, Farzandlaring — savlating.
  12. Davlatning boshi — farzand.
  13. Odam mevasi — farzand.
  14. Farzand baxti — ona taxti,
    Farzand kamoli — ota jamoli.
  15. Farzand — dilband,
    Farzand — qanot.
  16. Farzand ko'rdingmi, ko'chat ek.
  17. Farzanddan yo'rgak ayama.
  18. Farzandsiz kishi — mevasiz daraxt.
  19. Qiz bersang, otasiga qarab ber,
    Qiz olsang, onasiga qarab ol.
  20. Qiz bola — gul-lola.
  21. Qiz bola — uy ziynati.
  22. Qarindoshdan qarz olma,
    Qarindoshga qiz berma.
  23. Musofirga qiz berma,
    Shahri — ikki,
    ko'ngli — ikki.
  24. Yaxshi qiz — uy obro'si.
  25. Qizing kimni suysa, kuyoving shu.
  26. Qizing bo'y yetsa, qizi yaxshi bilan qo'shni bo'l,
    O'g'ling er yetsa, o'g'li yaxshi bilan qo'shni bo’l.
  27. O'g'il bilan qizing — Bamisoli ikki ko'zing.
  28. Qizim bor deb kerilma,
    Zeb-ziynatga berilma.
  29. Qizingga erk bersang, baxtini topar,
    O'g'lingga erk bersang — taxtini.
  30. O'g'lingni sevsang, quldek ishlat.
  31. Erimning topganini o'ynab yeyman,
    O'g'limning topganini o'ylab yeyman.
  32. O'g'limning topganini ingrab yeyman.
  33. Odobli o'g'il — ko'kdagi yulduz,
    Odobli qiz — yoqadagi qunduz.
  34. Qiz ammaga o'xshar,
    O'g'il - tog'aga.
  35. Kuyovni o'g'il bil, kelinni — qiz.
  36. O'qigan o'g'il otadan ulug'.
  37. Beshik bolasi — bek bolasi.
  38. Bir bolani katta qilguncha,
    Bir shahar paydo bo'lar.
  39. Yolg'iz tuya baqiroq bo'lar,
    Yolg'iz bola yig'loq bo'lar.
  40. Bola tuqqanniki emas tarbiyalaganniki.
  41. Bolani so'ksang, beti qotar,
    Ursang, eti qotar.
  42. Eshigi yomonning uyiga borma,
    Onasi yomonning qizini olma.
  43. Bolaning erkasi — bitning sirkasi.
  44. Yaxshi bola yog' keltirar.
    Yomon bola dog' keltirar.
  45. Yaxshi boladan rahmat,
    Yomon boladan — la'nat.
  46. Tog'ning ko'rki — lola bilan,
    Uyning ko'rki — bola bilan.
  47. Bolali uy — bozor,
    Bolasiz uy — mozor.
  48. Bolali uyda gap yotmas.
  49. Bolali uyda sir yotmas.
  50. Bolasi ko'p bo'lar boy,
    Bolasi yo'q — quruq soy
  51. Ona bilan bola — gul bilan lola.
  52. Ona — daraxt, bola — meva.
  53. Qush nima topsa, bolasining og'ziga tiqar.
  54. Bo'ladigan bola boshidan ma'lum.
  55. Bolada gina bo'lmas.
  56. Bola yig'lamasa, ona sut bermas.
  57. Bolaga ish buyur,
    Orqasidan o'zing yugur.
  58. Beshikdagi bolaning bek bo'lishini kim bilar.
  59. Vaqti yetsa, qush ham bolasiga uya qurar.
  60. Bolani bola dema, pand yeysan.
  61. Bolasini maqtagan onadan qo'rq.
  62. Ilonning bolasi — ilon,
    Chayonning bolasi — chayon.
  63. Qush uyasida ko'rganini qilar.
  64. Bola sog'ligi — ona boyligi.
  65. Men kuyarman bolamga,
    Bolam kuyar bolasiga.

→ Boshqa mavzular bo’yicha o’zbekcha maqollar

5