44 ta maqollar FASLLAR haqida | Bahor, yoz, kuz, qish
Ushbu sahifada bahor, yoz, kuz, qish so'zlari ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Yilning yaxshi kelishi bahordan ma'lum.
- Bahorgi harakat — kuzgi barakat.
- Bahorning bir kuni yilga tatir
- Bahorning bir kuni qishni boqar.
- Yaxshi yil bahoridan ma'lum,
Yaxshi kun — saharidan. - Yoz kelishini laylak bilar,
Qish kelganin — olaqarg'a. - Yoz ketar, qish kelar,
Shoshmay turing, ish kelar. - Yozga yetsang, qish kuningni unutma.
- Yozda mehnat qilsang,
Qishda yeysan kishmish. - Yoz — yozil, qish — qisil.
- Yoz mevasi — qish xazinasi.
- Yoz qoqisi — qishga dori.
- Yozgi harakat — kuzgi barakat.
- Yozning gilami — keng.
- Laylak kelmay, yoz bo'lmas,
Qirg'iyak chopmay, kuz bo'lmas. - Laylak kelsa — yorug' yoz,
Turna kelsa — tunuq yoz. - To'qson to'lmay, yoz chiqmas.
- G'oz kelgani — yoz kelgani.
- Harakating erta bo'lsa,
Kuzda erta o'rasan. - Jo'jani kuzda sana.
- Kuzda yig'sang, qishda yeysan
- Kuzning kelishini yozda belgila
- Dehqon bo'lsang, kuz hayda,
Kuz haydamasang, yuz hayda. - Kuzning qozoni quyuq qaynar.
- Kuzgi sovuqdan kun bo'yi qoch.
- Bug'doy eksang, kuzda ek,
Yaxshi haydab, bo'zga ek.Kuzning bir kuni qishning bir oyini boqar. - Kuzning bir kuni qishning bir oyini boqar.
- Qirqkuyak keldi — kuz keldi.
- Qish g'amini yozda ye,
U yog'ini o'zing bilasan. - Qishda po'stin kiyma, qazi ye.
- Bog'ni qishda ko'l qil,
Yozda cho'l qil. - Qarg'a keldi — qish keldi.
- Qish o'tar, qoralik qarg'aga qolar.
- Qish o'chog'i tor,
Tur, uyingga bor. - Qish qattiq kelsa — it yili.
- Qish qilig'ini qilmay qo'ymas,
Yoz yo'rig'ini yo'ymay qo'ymas. - Qish — qisilmoq, yoz — yozilmoq.
- Qishligini topmagan yozligidan ayrilar.
- Qish qishligini qilmasa,
Yoz yozligini qilmas. - Qish qo'nog'i — o't.
- Qishning bir kuni qolsa qo'rq.
- Qishning kuni qirq turli,
Qirqovi ham qiliqli. - Qishning qahri — kuzga baraka.
- Qishning qori — yozga dori.