33 maqollar: gap, nutq, kam va ko’p gapirish haqida

Ushbu sahifada gap, kam va ko’p gapirish haqida maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Gap bilan osh pishmas.
  2. Gap bilan shoshma, ish bilan shosh.
  3. Gap bilan o‘roq o’rish oson.
  4. Gap bilguncha, ish bil.
  5. Gap — boshqa, ish — boshqa.
  6. Gapni oz so‘zla,
    Ishni ko‘p ko‘zla.
  7. Yomon gap yer tagida uch yil yotar.
  8. Yaxshining gapi — moy,
    Yomonning gapi — loy.
  9. Bir yaxshi gap esdan chiqmas,
    Bir — yomon gap.
  10. Gapi sassiqning o’zi sassiq.
  11. Gapning yomoni pichir.
  12. Gapning qisqasi — yaxshi,
    Qisqasidan hissasi — yaxshi.
  13. Ko‘p gap — eshakka yuk
  14. Oz gapir — soz gapir.
  15. Sovuq gap yurakni muzlatar.
  16. Eldagi gap — dildagi gap.
  17. Yaxshi gapning ham qulog‘i bor,
    Yomon gapning — ham.
  18. Qattiq gap qarindoshga ham yoqmas.
  19. Do‘st achitib gapirar,
    Dushman — kulib.
  20. Ko‘p og’iz ko‘p gapirar.
  21. Bilgan topib gapirar,
    Bilmagan — qopib.
  22. Kim gapirganga boqma,
    Nima gapirganga boq.
  23. Bir kattaning gapiga kir,
    Bir — kichikning.
  24. Gapni katta gapirma,
    Nonni katta tishlama.
  25. Bolali uyda gap yotmas.
  26. Birov burab gapirar,
    Birov qarab gapirar.
  27. Bir gapning qirq fahmi bor.
  28. Gap tagida gap bor.
  29. Gap egasini topar.
  30. Ko‘p gapirgandan ko’p ish kutma.
  31. Gapning kaltasi,
    Arqonning uzuni yaxshi.
  32. Gapirgandan gapirmagan yaxshiroq,
    Gapiruvdim tegdi boshimga tayoq.
  33. O‘tgan gapga o‘kinma.