7 maqollar g’iybat haqida

Ushbu sahifada g’iybat so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Bekorchining hunari — g‘iybat.
  2. G‘iybatkashning qozoni qaynamas.
  3. G’iybatchining dili kir,
    G’ar-o’g’rining tili bir.
  4. Gapda g‘iybat yomon,
    Dardda — quyanchiq.
  5. G‘iybatsiz so‘z qizimas.
  6. Bolali uyda g’iybat yo‘q.
  7. Hayvonlar ichida ayyori — tulki,
    Ma’nisiz g’iybatning oxiri — kulki.