29 ta maqollar go'zallik, husn va chiroy haqida

Ushbu sahifada go'zallik, husn, ko'rk va chiroy so'zlari ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Go'zallik — ilm-u ma'rifatda.
  2. Go'zal ko'rish — ko'zga savob.
  3. Yetmish go'zallikning bittasi — mehnat
  4. Har go'zalning bir aybi bor.
  5. Yaxshi husn — yarim baxt.
  6. Husn xulqi bilan chiroyli.
  7. Husn to'yda kerak,
    Aql — kunda.
  8. Chiroy to'yda kerak.
  9. Chiroy husn-u jamolda emas, fazl-u kamolda.
  10. Chiroyga non botirib yeb bo'lmas.
  11. Chiroyli qizning nozi bor.
  12. Chiroylilik murod emas,
    Xunuklik uyat emas.
  13. Chiroying borida chinoringni top.
  14. Chiroyli chiroyli emas,
    Suyganing — chiroyli.
  15. Xotinning chiroyi — erdan.
  16. Aqlli xotin — uy ko'rki,
    Chiroyli xotin — ko'cha ko'rki.
  17. Pardoz qilgan chiroyli
    Ammo husni bir oyli.
  18. Qiz husni — yuragida.
  19. Qizning ko'rki — noz,
    Yigitning ko'rki — hunar.
  20. Ayolning husni pardozda emas, aqlida.
  21. Aqlsiz xotin husnini ko'z-ko'z qilar,
    Aqlli xotin — aqlini.
  22. Husn husn emas, odob husn.
  23. Kamtarlik ham husn.
  24. Umr o'zar, husn to'zar.
  25. Husn goh baxt keltirar,
    Goh — kulfat.
  26. Husn — yarim davlat, yarim ofat.
  27. Husning bo'lguncha, baxting bo'lsin.
  28. Husn to'yda kerak,
    Muhabbat — kunda.
  29. Odamning husniga baho berma,
    Aqliga baho ber.

→ Boshqa mavzular bo’yicha o’zbekcha maqollar