15 ta maqollar GULLAR haqida

Ushbu sahifada gul so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Har gul o‘z butasida aziz.
  2. Har gulning o‘z isi bor,
    Har elning o‘z tusi bor.
  3. Kul qoldirma, gul qoldir.
  4. Yaxshiga gul — soya.
  5. Tinch elning bog’i gullar.
  6. Gul — gulga,
    Tikan — tikanga.
  7. Gul — dasta-dasta,
    Gul bermagan nokasta.
  8. Bog‘ chiroyi gul bilan.
  9. Gulning to’ni — qirq yamoq, ammo xushbo‘y.
  10. Gulning ham tikani bor.
  11. Har gulning hidi boshqa.
  12. Gulni sevgan tikaniga chidaydi.
  13. Gul qadrini bulbul bilar.
  14. Yaxshi xotin — uyning guli.
  15. Gul tufayli tikan suv ichar.