9 ta maqollar gumon va shubha haqida
Ushbu sahifada gumon va shubha so'zlari ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Gumon do'stdan ajratar.
- Gumon imondan ayirar.
- Gumondor ko'ngildan gumon arimas.
- Igna o'g'irlagandan sigir yo'qotgan gumonsirar.
- Kavushimni olgan bir kishi,
Gumondorim ming kishi. - O'g'rining ko'ngli — gumonda.
- O'g'ri bitta, gumon mingta.
- Yutganing o'zingniki,
Chaynaganing — gumonda. - Oz bilganning shubhasi ko'p.