13 maqollar havas, hasad haqida

Ushbu sahifada havas, hasad so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Havas qilgan yetar,
    Hasad qilgan yitar.
  2. Hasad qilma, havas qil.
  3. Havas bo’lsa, anqoning tuxumi bam topilar.
  4. Havas qilsang, yetasan.
  5. Non bo’lsa bas,
    O’zgasi havas.
  6. Ishq boshqa, havas boshqa.
  7. Ishq — muqaddas o’t,
    Havas — loyqa suv.
  8. Tuya hammomni havas qilar.
  9. Zang temirni kemirar,
    Hasad — odamni.
  10. Taqlidchiga tole yor,
    Hasadchiga — halokat.
  11. Xashak o’ti xonani kuydirar,
    Hasad o’ti tanani kuydirar.
  12. Hasad ko‘chatini ekkan,
    Balo mevasini yer.
  13. Hasad o’tini daryo o‘chirolmas.