29 maqollar hurmat, izzat, obro’ haqida
Ushbu sahifada hurmat, izzat, obro’ so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Mehnat qilsang, ko‘ksing tog‘,
Hurmat qilsang, diling bog’. - Hurmat qilsang, hurmat ko’rasan,
Mehnat qilsang, davron surasan. - Hurmating — savlating,
Mehnating — davlating. - Qochoqqa shafqat yo’q,
Qo’rqoqqa — hurmat. - Aqlliga — hurmat, aqlsizga — kaltak.
- Baxilning hurmati bo‘lmas.
- G’urur — g’urbat,
Kamtarlik — hurmat. - Davlat bo’lsa — savlat,
Savlat bo’lsa — hurmat. - It izzatni bilmas,
Ho’kiz — hurmatni. - Kattaga hurmatda bo’l,
Kichikka — izzatda. - Kishining hurmati o’z qo’lida.
- Yuz — yuzning hurmati.
- Nonga hurmat — elga hurmat.
- Qadringga yetganni bil,
Qadrlabdi, hurmat qil. - Tursang so’zingda, hurmat o’zingda.
- Izzat qilsang, hurmat ko’rasan.
- Odam izzatga semirar.
- Sihat tilasang, ko’p yema,
Izzat tilasang, ko’p dema. - Obro’ topaman desang, kamtar bo’l,
Qarimay desang, mehnat qil. - Obro’ning onasi — mehnat,
Otasi — sa’yi harakat. - Kamtar bo’lsang, obro‘ ortar,
Manman bo’lsang, ensa qotar. - Elda obro’ying bo’lsa,
Yo’lda yuking qolmas. - Yaxshi o‘g‘il — el obro‘si,
Yaxshi qiz — uy obro‘si. - Obro‘ isitar, uyat kuydirar.
- Beobro‘ bilan bel bog‘lama,
Bekorga qadring ketar. - Obro‘ni izlashdan ish ko‘rsatgan afzal.
- Kiyimni yangiligidan saqla.
Obro’ni — yoshlikdan. - Obro‘ misqollab kelar,
Qadoqlab ketar. - Obro‘li obro‘yidan qo‘rqar,
Beobro’ nimadan qo‘rqar.