10 ta maqollar IYMON (imon) haqida

Ushbu sahifada iymon, imon so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Vatanga kelgan — imonga kelar.
  2. Yomon til yo jonga urar,
    Yo — imonga.
  3. Insofi yo‘qning imoni yo‘q.
  4. Imoni yo‘qning burdi yo’q.
  5. Kamoli imon — sabr.
  6. Umidi yo’qning imoni yo’q.
  7. Gumon imondan ayirar.
  8. Chin boylik — imon boyligi.
  9. Hayosi yo‘qning imoni yo‘q.
  10. Yosh-u qarining joni bir,
    Oriq-semizning imoni bir.