16 ta maqollar kamtarlik va oddiylik haqida

Ushbu sahifada kamtar so'zi ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Kamtar kerilmaydi,
    Mol-dunyoga berilmaydi.
  2. Obro' topaman desang, kamtar bo'l,
    Qarimay desang, mehnat qil.
  3. Manman kamtardan yengilar,
    To'g'ri el ichida tanilar.
  4. Kamtarlik ham husn.
  5. Xushxulqlik — jamol,
    Kamtarlik — kamol.
  6. Yo'q narsa bor bo'lar, kamtar bo'lsang,
    Bor narsa yo'q bo'lar, manman bo'lsang.
  7. Kamtar bo'lding — gavhar bo'lding.
  8. Kamtar bo'lsang, obro' ortar,
    Manman bo'lsang, ensa qotar.
  9. Kamtar bo'lsang, osh ko'p,
    Manman bo'lsang, tosh ko'p.
  10. Kamtar yetar murodga,
    Manman qolar uyatga.
  11. Kamtarga egil,
    Manmanga keril.
  12. Kamtarlik ko'kka ko'tarar,
    Manmanlik yerga kiritar.
  13. Maqtangan pand yeydi,
    Kamtarin qand yeydi.
  14. So'rab bilgan — kamtarlik,
    So'ramagan — xumparlik.
  15. G'urur — g'urbat,
    Kamtarlik — hurmat
  16. Qarilikni donolik bezar,
    Yoshlikni — kamtarlik.

→ Boshqa mavzular bo’yicha o’zbekcha maqollar