38 ta maqollar kasb hunar va ish haqida

Ushbu sahifada kasb hunar va ish haqida o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Hunar — tuganmas xazina.
  2. Qunt bilan o'rgan hunar,
    Hunardan rizqing unar.
  3. Hunar bo'lsa qo'lingda,
    Non topilar yo'lingda.
  4. Aql ko'pga yetkazar,
    Hunar — ko'kka.
  5. Hunar — oqar buloq,
    Ilm — yonar chiroq.
  6. Hunar to'yg'izar,
    Ot mindirib, to'n kiygizar.
  7. Hunarli yigit — mevali daraxt.
  8. Bir yigitga yetmish hunar oz.
  9. Bir yigitga qirq hunar oz.
  10. Hunarli kishi och qolmas.
  11. Meros moli to'zadi,
    Merosli hunar o'zadi.
  12. Tekin boylik axtarguncha,
    O'zingga bop hunar top.
  13. Tikansiz gul bo'lmas,
    Mashaqqatsiz — hunar.
  14. Yuz tuman oltindan hunar yaxshi.
  15. Yuz hunarni chala bilgandan
    Bir hunarni to'la bil.
  16. Yigit husni — hunar
  17. O'rganish — bir hunar,
    O'rgatish — ikki hunar.
  18. Qizning ko'rki — noz,
    Yigitning ko'rki — hunar.
  19. Qo'li hunarsiz — non gadoyi.
  20. Har hunarning o'z siri bor,
    Har ishning o'z yeri bor.
  21. Hunar oshatar,
    Mehnat yashnatar.
  22. Hunar, hunardan unar.
  23. Hunari yo'q kishining,
    Mazasi yo'q ishining.
  24. Hunari yo'q erkakdan ignasi bor xotin yaxshi.
  25. Hunarli er xor bo'lmas,
    Do'st-dushmanga zor bo'lmas.
  26. Hunarlining hunari
    Murodiga yetkazar.
    Hunarsizning yurari
    Qaro yerga yetkazar.
  27. Hunarmandning noni — butun.
  28. Hunarni o'rganib qo'ysang,
    Sendan osh-non tilamaydi.
  29. Oltin yerda, hunar cho'lda qolmas.
  30. Yoshlikda o'rgangan hunar,
    O'zingga o'ljaga qolar.
  31. Hunar bilgan och qolmas,
    Yo'l tanigan kech qolmas.
  32. Yuzga kirsang ham, hunar o'rgan.
  33. Har kasbning o'z gashti bor.
  34. Har kimning kasbi — o'ziga.
  35. Kasbning yomoni yo'q.
  36. Qarindoshing qarindosh emas,
    Kasbdoshing — qarindosh.
  37. Kasb—kasb, tubi—nasib.
  38. Joni borning g'ami bor,
    Kasbi-kori nomi bor.

→ Boshqa mavzular bo’yicha o’zbekcha maqollar