24 maqollar katta va kichik haqida
Ushbu sahifada katta va kichik so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Kattaga katta bo‘l,
Kichikka — kichik. - Bir kattaning gapiga kir,
Bir — kichikning. - Ahmoqning katta-kichigi bo’lmas.
- Yo kattaning gapiga kir, yo kichikning.
- Kattada naql bor,
Yaxshida — aql. - Katta arava qaydan yursa,
Kichik arava shundan yurar. - Katta boshlar, kichik tashlar.
- Bir kattani bil,
Bir kichikni bil. - Kattaga salom ber,
Kichikka — kalom. - Katta izzatda —
Kichik xizmatda. - Kattani katta desang, o’zidan ketar,
Kichikni katta desang, kattaga yetar. - Kattaning uyalgisi kelsa, kichikka tegar.
- Osh kattadan, suv kichikdan.
- Salom — kattadan,
Alif — nuqtadan. - Katta topganini kiyar,
Kichik — suyganini. - Kattani maqta, kichikni saqla.
- Kattaga hurmatda bo’l,
Kichikka — izzatda. - Katta — kelin uyda,
Kichik kelin — to‘yda. - Yo‘l — kattadan, ergashish — kichikdan.
- Kichik kalit katta uyni ochar.
- Oyog’i katta topganini kiyar,
Oyog‘i kichik — istaganini. - Kattaga tegma — yig‘larsan,
Kichikka tegma — uyalarsan. - Kichikdan — qusur,
Kattadan — uzr. - Kichiklarning kattasi bo’lguncha,
Kattalarning kichigi bo’l.