38 ta maqollar KO’Z haqida
Ushbu sahifada ko’z so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Ko’z tarozi, ko’ngil — qozi.
- Quloqdan ko’z haq.
- Yomon ko’z tosh yoradi,
Yomon do‘st — bosh. - Qo‘rqoq ko‘zidan ma’lum.
- Yigitning aqli — ko’zida.
- Go‘zal ko’rish — ko’zga savob.
- Ko’zga yaqin — ko’ngilga yaqin.
- Quloq so’z uchun,
Olam ko’z uchun. - Ko‘z-ko’z qilma, ko’z tegar,
Maqtanchoqqa so’z tegar. - Yigit mehri — ko’zda.
- Ko‘z ko’zga tushsa, mehr qo’zg’alar.
- Ko’z qayerda bo‘lsa,
Mehr ham o‘sha yerda. - Molga egasining ko’zi dori.
- Uyat yuzda bolar,
Mehr — ko‘zda. - Ko’rib yurganning ko’zi — tarozi.
- Ko’z tuproqqa to’yar.
- Ko’rgan bilan ko’z to’ymas,
Tek turmoqqa nafs qo‘ymas. - Ochning qorni to’ysa ham, ko‘zi to‘ymas.
- Ko’rning tilagi — ikki ko’zi.
- Ikki quloqdan ko’ra,
Bir ko’zga ko‘proq ishon. - Ko‘z ko’rgan boshqa,
Qo‘l bilan tutgan boshqa. - Ko‘z — o’zingniki, quloq — o’zganiki.
- U ko’z bu ko’zga do’st emas.
- G’ayrat — otda, hayo — ko’zda.
- G‘unajin ko‘z suzmasa,
Buqacha ip uzmas. - Qalb ko‘zdan oldinroq ko‘rar.
- Husn — so‘zda, uyat — ko’zda.
- Ko‘z yetmagan joyga so‘z yetar.
- Ko‘z yoshi toshni eritar.
- Ko‘z — tarozi,
Ko’ngil — qozi. - Asragan ko’zga cho’p tushar.
- Ko‘zing borida ko’rib qol,
Oyog’ing borida yurib qol. - Devorning ko‘zi bor,
Sarxolning — qulog‘i. - Do‘stning ko‘zi ayb ko‘rmas.
- Ko‘z — nur uyasi,
Ko‘ngil — sir uyasi. - Oshiqning ko‘zi ko‘r.
- O‘ng ko‘zing so‘l ko‘zingga soqchi bo’lsin.
- Qarining ko‘zi — qozonda.