20 ta maqollar it, kuchuk haqida

Ushbu sahifada it va kuchuk so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Bo’ynidan bog‘langan it ovga yaramas.
  2. It itga buyurar,
    It — quyrug‘iga.
  3. It yursa, so‘ngak topar.
  4. Kuchukdan qo‘rqqan gado bo’lmas.
  5. Kuchuk tom tepasiga chiqsa ham ,
    Egasidan katta bo’lmas.
  6. Indamasni it qopar.
  7. It arazlar, egasi bilmas.
  8. It ochiq qolgan qozonni yalar.
  9. It og’zidan suyak olib bo’lmas.
  10. Itning irrilagani — salomlashgani.
  11. It hurar, karvon o’tar.
  12. Yaxshi it o‘ligini ko‘rsatmas.
  13. O’chakishgan it qopmay qo’ymas.
  14. It qo‘rqoqni talar.
  15. Eshikdan kelganni it qopmas.
  16. Hurag‘on it egasiga qo’noq keltirar.
  17. It uyasida o’zini yo’lbars sanar.
  18. Kel-keli kelsa, it ham saxovatli bo’lar.
  19. It bo’lish uchun ham bir qarich quyruq kerak.
  20. Hura bilmagan it qo’raga bo’ri keltirar.