9 maqollar KUMUSH haqida

Ushbu sahifada kumush so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Kumushdek ter to‘ksang,
    Gavhardek dur olarsan.
  2. So’zing kumush bo’lsa,
    Ishing — oltin.
  3. Javob oltin bo’lsa, savol — kumush.
  4. Birinchi kun mehmon — oltin mehmon,
    Ikkinchi kun — kumush,
    Uchinchi kun — mis,
    Uchdan o’tsa — pes.
  5. Kumush kunga qo’nsa,
    Oltin o‘z oyog’i bilan kelar.
  6. Kumush xotin kunda — kasal,
    Oltin xotin oyda — kasal.
  7. So’zing kumush bo’lsa,
    Tinglovchi tilla bo’lsin.
  8. Oltin, kumush tosh bo‘lar.
    Tomoqdan o‘tsa, osh bo‘lar.
  9. Yer ichida oltin bor,
    Qaziy bersang, topasan.
    Bog‘ ichida kumush bor,
    Kavlaybersang, topasan.