12 maqollar: lafz, va’da, ahd haqida

Ushbu sahifada lafz, va’da, ahd so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Lafz — puldan qimmat.
  2. Er — lafzidan,
    Qo’y — bo‘g‘zidan.
  3. Odamga — lafz, go‘salaga — dum.
  4. Har kungi va’dabozlikdan,
    Bir kungi jonbozlik yaxshi.
  5. Va’da — oltindan qimmat.
  6. Va’da — quruq, bajarilsa — ulug’.
  7. Va’daga vafo — mardning ishi,
    Va’dasiz — subutsiz kishi.
  8. Va’da — vafosi bilan go‘zal.
  9. Va’daga — vafo,
    Vafosizga — jafo
  10. Ulug‘ kishi va’dasida yolg‘on yo‘q.
  11. Gap bilan va’da berma,
    Ish bilan va’da ber.
  12. Ahdi borning baxti bor.