19 maqollar: laylak, turna, qarg’a, chumchuq haqida
Ushbu sahifada laylak, turna, qarg’a, chumchuq so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Yoz kelishini laylak bilar,
Qish kelganin — olaqarg‘a. - Laylakning ketishiga emas, kelishiga boq.
- Laylakning oyog’i o’ziga qisqa.
- Chiqmagan terakka kelmagan laylak in qurar.
- Laylak kelmay, yoz bo’lmas,
Qirg’iyak chopmay, kuz bo’lmas. - Laylak kelsa — yorug’ yoz,
Turna kelsa — tunuq yoz. - It achchig‘ini turnadan olar,
Bit achchig‘ini — burgadan. - Turnadan qorovul qo‘ysang,
Tepangdan qiyqiruv ketmas. - Turnani tuzoq bilan tutib bo’lmas.
- Qarg’a ketmay, qor ketmas,
Turna kelmay, muz ketmas. - Qarg‘a qafasda boqilmas.
- Qarg’a qarg’aning ko4zini cho’qimas.
- Qarg’a keldi — qish keldi.
- Qantarda qarg’a odimiday kun uzayar.
- Qo’shnining minnatli oshidan
Chumchuqning soyasi afzal. - Bir kesak bilan ikki chumchuqni urib bo’lmas.
- Dehqon makkasidan kechsa ham,
Chumchuqlar o‘zaro kelisholmas. - Usta ovchi chumchuqqa o‘q otmas.
- Chumchuqdan qo‘rqqan tariq ekmas.