13 ta maqollar: kiyim, libos, ko’ylak haqida
Ushbu sahifada kiyim, libos, ko’ylak so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Yaxshi xunuk libos bilan ham yaxshi.
- Odamga — libos, eshakka — to‘qim.
- Uyga palos yarashar,
Xotinga — libos. - Yaxshi libos — oroyish,
Yaxshi yo‘ldosh — osoyish. - Issiq kiyim tanni ilitar,
Issiq so‘z jonni ilitar. - Kiyimning yangisi — yaxshi,
Do’stning — eskisi. - Daraxt — yer ziynati,
Kiyim — er ziynati. - Kiyiming janda bo’lsa ham, ganda bo’lmasin.
- Non qadrini och bilar,
Kiyim qadrini — yalang‘och. - Xon kiyimi ham o‘lchab bichilar.
- Kiyimni yangiligidan saqla.
Obro’ni — yoshlikdan. - Kir ko’ylakka — jun yoqa.
- Ishtonsizning tushiga
Ikki enlik bo‘z kirar.