26 ta maqollar manmanlik va maqtanchoqlik haqida

Ushbu sahifada manman va maqtanchoq so'zlari ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Manmanlik tuqqan onangga ham yoqmas
  2. Manmanga — balo, yugurukka — tumor.
  3. Manmanga — zavol, yomonga — ajal.
  4. Manmanlikni netarsan,
    Obro'yingdan ketarsan.
  5. Maqtanma g'oz,
    Hunaring oz.
  6. Maqtanchoq — quruq po'choq
  7. Moling ko'p bo'lsa, maqtanma,
    Boshing ko'p bo'lsa, to'planma.
  8. Eshak maqtanib, tulpor bo'lmas,
    Qarg'a maqtanib, shunqor bo'lmas.
  9. O'zingni o'zing maqtama,
    Seni birov maqtasin.
  10. O'zini maqtagan — o'limning qorovuli.
  11. Qo'rqoqning oti — maqtanchoq.
  12. Haddidan oshsa kishi,
    Maqtanish bo'lar ishi.
  13. Maqtanishga musofirchilik yaxshi.
  14. Bolasini maqtagan onadan qo'rq.
  15. O'zingga o'zingni maqtagandan qo'rq.
  16. Borlikda maqtanma,
    Yo'qlikda qayg'urma.
  17. Ish boshlaganda maqtanma,
    Ish bitganda maqtan.
  18. Ko'z-ko'z qilma, ko'z tegar,
    Maqtanchoqqa so'z tegar.
  19. Maqtanganning burdi ketar,
    Asl niyatiga kamtar yetar.
  20. Maqtangan pand yeydi,
    Kamtarin qand yeydi.
  21. Manman kamtardan yengilar,
    To'g'ri el ichida tanilar.
  22. Yo'q narsa bor bo'lar, kamtar bo'lsang,
    Bor narsa yo'q bo'lar, manman bo'lsang.
  23. Kamtar yetar murodga,
    Manman qolar uyatga.
  24. Kamtar bo'lsang, obro' ortar,
    Manman bo'lsang, ensa qotar.
  25. Kamtarga egil,
    Manmanga keril.
  26. Kamtarlik ko'kka ko'tarar,
    Manmanlik yerga kiritar.

→ Boshqa mavzular bo’yicha o’zbekcha maqollar

5