54 ta maqollar mehnat, harakat, ter to'kish, sport haqida
Ushbu sahifada mehnat, jismoniy harakat, ter to'kish haqida o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Inson qilolmaydigan ish yo'q.
- Harakating — sog'liging,
Mehnating — boyliging. - Sabr bilan mehnat qilgan boy bo'lar.
- Qozon o'tdan, odam harakatdan qizir.
- Kumushdek ter to'ksang,
Gavhardek dur olarsan. - Tirishgan tog'dan oshar,
Ter to'kkan baxtli yashar. - Ter to'kib mehnat qilsang, yerdan zar unar.
- Ter to'kkanga — besh yong'oq,
To'kmaganga — puch yong'oq. - Ter tagida dard qolmas.
- Yigit husni — mehnatda.
- Yigitning baxtini mehnat ochar.
- Mashaqqatsiz baxt kelmas,
Mehnatsiz taxt kelmas. - Mehnat baxt keltirar.
- Mehnat va o'qish — og'a-ini.
- Mehnat, mehnatning tagi — rohat.
- Mehnat shuhrat keltirar,
Yalqovlik — la'nat. - Mehnat qancha og'ir bo'lsa,
Keti shuncha shirin bo'lar. - Mehnat qilmay rohat ko'rmas,
Urug' sepmay ekin o'rmas. - Mehnat qilsang qaram bo'lmaysan.
- Mehnatning ko'zini topgan
Boylikning o'zini topar. - Mehnatsiz rohat bo'lmas,
Savobsiz — jannat. - Odamning husni — mehnatda.
- Uyqu — g'aflat, mehnat — rohat.
- Xazina g'oyibdan emas, mehnatdan.
- Yutuqning kaliti — mehnat.
- Hamma narsaning otasi — mehnat.
- Mehnatingni halol qilsang,
Huzurini ko'rasan. - Unumli mehnat — katta daromad.
- Sendan harakat, mendan barakat.
- Harakat, harakatda barakat.
- Jumadan umiding bo'lsa,
Payshanbadan harakat qil. - Barvaqt qilingan harakat,
Hosilga berar barakat. - Bahorgi harakat — kuzgi barakat.
- Halol ish — lazzatli yemish.
- Ish boshlaganda maqtanma,
Ish bitganda maqtan. - Gap bilan shoshma, ish bilan shosh.
- Ming shirin maslahatdan bitta o'rnak ish yaxshi.
- Gap — boshqa, ish — boshqa.
- Indamasdan ish chiqar.
- Ish bilan vaqt tez o'tar.
- Ish bilan qishning mushkuli bitar.
- Ish bor yerda osh bor
- Ish bor yerda xato bor.
- Jon koyitmay, ish bitmas.
- Ish do'sting — jon do'sting.
- Ish — insonning gavhari.
- Ming so'zdan bir ish yaxshi.
- Mingta chiroyli so'zdan,
Bitta xunuk ish yaxshi. - Odamni po'stin emas, ish qizdirar.
- Egri ish ellik yildan keyin ham bilinar.
- Aqlli ish — qanotli qush.
- Ish avvalini bir o'ylasang,
Oxirini besh o'yla. - Rejali ish — hamisha besh.
- Erta turgan ish bitirar,
Kech turgan ko'p turtinar.