21 ta maqollar mevalar haqida

Ushbu sahifada turli xil mevalar nomlari ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Olmaning tagida olma yotar,
    Dovchaning tagida dovcha yotar
  2. Olmaning qiziliga ishonma,
    Dushmanning — do'stligiga.
  3. Olma olmadan rang olar.
  4. Oltmishingda olma eksang,
    Yetmishingda yemishin yersan.
  5. Sabrlining boshiga olma bitar,
    Sabrsizning boshiga — g'avg'o.
  6. Olma tagidan yiroqqa tushmas.
  7. Sog' olma shoxidan tushmas.
  8. Tol eksang, tagini ho'l qil,
    Uzum eksang, tagini cho'l qil.
  9. Chillada sug'orilgan bog',
    Chil botmon uzum berar.
  10. Uzumini ye, bog'ini so'rama.
  11. To'qsonga borsang ham, tok ek,
    Yuzga yetguncha, uzumini yeysan.
  12. Bir tup tok eksang, bir tup tol ek.
  13. Tokni qirqmasang,
    Qashqarga yetar.
  14. Bog'da bitgan gilosim,
    Otamdan qolgan merosim.
  15. Bir anor ming bemorga davo.
  16. O'rik o'rikni ko'rib oqarar.
  17. Shaftolidan bog' qilma,
    Echkidan mol qilma.
  18. Shaf-shaf degan bilan Shaftoli og'izga tushmas.
  19. O'n marta shap-shap deguncha,
    Bir marta shaftoli yegan yaxshi.
  20. Qo'ling yetgan shoxning shaftolisi shirin.
  21. Mayiz yesang, cho'pi bor,
    Olxo'ri yesang, dumi bor.

→ Boshqa mavzular bo’yicha o’zbekcha maqollar