56 maqollar odam, inson haqida

Ushbu sahifada odam, inson so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Odam — gavhar, qo’li — gul.
  2. Odam odam bilan aziz.
  3. Odamga e’tibor — olamga e’tibor.
  4. Odam toshdan qattiq,
    Paxtadan — yumshoq.
  5. Odamning yuzi — olmosdan o‘tkir.
  6. Odamning yuzi quyoshni ilitar.
  7. Odam bordir, odamlarning naqshidur,
    Odam bordir, hayvon undan yaxshidur.
  8. Yaxshi odam yot bo’lmas
  9. Baliq suv bilan tirik,
    Odam — el bilan.
  10. Bulbul chamanni sevar,
    Odam — Vatanni.
  11. Yurtda odam bo’lmasa,
    To‘ng’iz tepaga chiqar.
  12. Daraxt yaprog’i bilan ko’rkam.
    Odam — mehnati bilan.
  13. Odam ishdan chiqmaydi,
    Odamdan ish chiqadi.
  14. Odam qo’li cho’lni bo‘ston qilar.
  15. Odamni po‘stin emas, ish qizdirar.
  16. Odamning husni — mehnatda.
  17. Gunohsiz odam podshodan qo‘rqmas.
  18. Asl odam hech o’lmas.
  19. Yomon odam til bilan kuydirar.
  20. Yomon odam tuqqanini yomonlar.
  21. Yomon odam to’ymas,
    Yomonligini qo’ymas.
  22. Odam bo’lish — oson,
    Odamiy bo’lish — qiyin.
  23. Odam — odamning ko’zgusi.
  24. Odam tug‘ilib yomon bo’lmas,
    Ulg’ayib yomon bo’lar.
  25. So‘zning boyligi — odamning chiroyligi.
  26. Daraxt — ildizi bilan,
    Odam — do‘stlari bilan.
  27. Odam odamga o‘xshar,
    Mol — molga.
  28. Hamma odam — bir odam,
    Hamma maxluq — bir maxluq.
  29. Odam bo’ladigan bola olisga qarar.
  30. Odamning yuziga boqma,
    So‘ziga boq.
  31. Odamning husniga baho berma,
    Aqliga baho ber.
  32. To‘g‘ri so‘zlagan odam tug’ishganingdan afzal.
  33. Odam mevasi — farzand.
  34. Oy tug‘ilishidan belgili,
    Odam — yurishidan.
  35. Yaxshi odam qarisa ham so’zi aynimas,
    Yaxshi ot qarisa ham, yurishi aynimas.
  36. Farosatsiz odamdan til bilmas hayvon yaxshi.
  37. Odam odamga kerak,
    Jon — tanga.
  38. Mol semirsa — foyda,
    Odam semirsa — ziyon.
  39. Foydasiz odamdan
    Xizmatkor eshak afzal.
  40. Dehqon odam don sochar,
    El-yurtiga non sochar.
  41. Devorni nam yiqitar,
    Odamni — g‘am.
  42. Yo’l odami yo’lga yaxshi,
    Uy odami — uyga.
  43. Vatansiz inson — kuysiz bulbul.
  44. Ish — insonning gavhari.
  45. Suv o’jar, inson undan ham o’jar.
  46. Baliq suvsiz yashamas,
    Inson — do‘stsiz.
  47. Aql toshi — inson boshi.
  48. Inson — aqli bilan,
    Dono — naqli bilan.
  49. Inson aqli — olmos.
  50. Inson — odobi bilan,
    Osmon — oft obi bilan.
  51. Inson qo‘li — gul.
  52. Inson bo’lsang vafo qil,
    Vafosizlik — xato, bil.
  53. Inson beorzu bo‘lmas.
  54. Inson qilolmaydigan ish yo’q.
  55. Insonning joni — toshdan qattiq,
    Ko‘ngli — guldan nozik.
  56. Inson umri — daryo suvi.