12 maqollar: olimlar, olimlik haqida
Ushbu sahifada olim so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Izlagan olim bo’lar,
O‘ylagan — fozil. - Olim so’zi oz,
Oz bo‘lsa ham soz. - Ko‘p o‘qigan olim bo’lsa,
Ko‘pni ko‘rgan dono bo’lar. - Olim adashsa, olam qoqilar.
- Olim aytgani — olam aytgani.
- Olim bo‘lsang, olam seniki.
- Olimdan ot qoladi.
Nodondan — dod. - Bilimli — olim.
Bilimsiz — zolim. - Bilmaganni so‘rab o‘rgangan olim,
Orlanib so‘ramagan o’ziga zolim. - Ilmsiz olim — to‘qimsiz eshak.
- Poxoldan somon chiqmas,
Qo‘poldan olim chiqmas. - O‘qigan — olim,
O‘qimagan — o‘ziga zolim.