14 maqollar olov, o’t haqida

Ushbu sahifada olov va o’t so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Olovdan qo‘rqqan tutundan ham qochar.
  2. Bola boqqandan olov yoqqan yaxshi.
  3. Qaqillagan tovuq tug’may qo’ymas,
    Guvillagan olov yonmay qo‘ymas.
  4. Har kuni yema palovni,
    Har kuni yoqqin olovni.
  5. Olov degan bilan og‘iz kuymas.
  6. Olovga kelgan elakni olmas.
  7. Temir olovga tushsa, tilni tushunadi.
  8. Olov bilan o’ynashsang,
    Oqibati kuyarsan.
  9. Olov — tilsiz yov.
  10. Olovning tishi yo‘q,
    Ho‘l-quruq bilan ishi yo’q.
  11. Yer to’ydirar, o‘t kuydirar.
  12. To‘qayga o‘t tushsa, ho’l-quruq baravar yonar.
  13. Lov yongan o’t tez o‘char.
  14. Har butaga o‘t tushsa,
    O’zi kuyib, o’zi yonar.