22 maqollar oltin, tilla haqida
Ushbu sahifada oltin, tilla so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Oltin — balchiqda ham oltin.
- Yer qazimasang, oltin chiqmas,
Qarmoq solmasang — baliq. - Oltin o‘tda bilinar,
Odam — mehnatda. - Qo’ldagi oltinning qadri yo‘q.
- Ona yurting — oltin beshiging.
- Haqiqat oltindan qimmat.
- Oltin olma, duo ol,
Duo oltin emasmi. - Hikmat — bir hovuch oltin.
- Aql aynimas, oltin chirimas.
- Oltin olma, bilim ol,
Bilim olsang, bilib ol. - Yuz tuman oltindan hunar yaxshi.
- Odob — oltindan qimmat.
- Sabr so‘nggi — so‘m oltin.
- Sabr tagi — sari oltin,
Sabr bilan chiqar oting. - Qanoat — qizil oltin.
- Oltin yerda qolmas,
Yaxshilik — yo‘lda. - Yaltiroq narsa oltin bo‘la bermas.
- Xotining oltinga o’ch bo’lsa,
Zargarga o‘ynash bo‘lar. - Oltin chiqqan joyni odam bo‘yi qazi.
- Yosh chog’im — oltin chog’im.
- Bir kalla — kalla,
Ikki kalla — tilla. - Kallam bor — bir qop tillam bor.