16 maqollar: orzu, yaxshi niyat, maqsad haqida
Ushbu sahifada orzu, yaxshi niyat, maqsad so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Ikki orzu bir topilmas.
- Qanoti siniq musicha ham baland uya orzusida.
- Inson beorzu bo‘lmas.
- Har yerni qilma orzu,
Har yerda bor tosh-u tarozi. - Orzuga ayb yo‘q.
- Yomon bilan yurdim, qoldim uyatga,
Yaxshi bilan yurdim, yetdim niyatga. - Niyating — yo’ldoshing.
- Yomonning niyati — buzuq,
Yaxshining niyati — tuzuk. - Yaxshining tilagi ham yaxshi,
Yomonning niyati ham yomon. - Betamizda uyat yo‘q,
Ahmoqda — niyat. - Maqtanganning burdi ketar,
Asl niyatiga kamtar yetar. - Yaxshi niyat — yarim davlat.
- Har kimning niyati — o‘z yo‘ldoshi.
- Niyat buzilsa, jon ketar.
- Ko‘chatni o‘tqazmasang — ko‘karmas,
Maqsadni istamasang — topilmas. - Maqsadli bo’lgan yo’l topar.