121 maqollar OSH, PALOV haqida

Ushbu sahifada osh va palov so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. О ‘zing pishirgan osh —
    Aylanib ich, o‘rgulib ich.
  2. Osh kattadan, suv kichikdan.
  3. Osh kelsa, yegin,
    So’z kelsa, degin.
  4. Oshing halol boisa, ko’chada ich.
  5. Mehmonga osh qo’y,
    Ikki qo’lini bo‘sh qo’y.
  6. Osh — mehmon bilan aziz.
  7. Osh — egasi bilan shirin.
  8. Rizqli mehmon osh ustidan chiqar.
  9. Maslahatli osh totli bo’lar.
  10. O’zbekka osh yaxshi,
    Qozoqqa — go’sht.
  11. Doshqozonda pishgan osh xom bo’lmas.
  12. Betashvish bosh qayda,
    Mehnatsiz osh qayda.
  13. Gap bilan osh pishmas.
  14. Ish bor yerda osh bor.
  15. Ish desa, ayyor,
    Osh desa, tayyor.
  16. Minnatli osh tatimas.
  17. Ish desa, og‘rir oshiq-moshig‘im,
    Osh desa, tayyor katta qoshig‘im.
  18. Ish qolsa — mehnat,
    Osh qolsa — davlat.
  19. Ishlagan osh tishlar,
    Ishlamagan tosh tishlar.
  20. Mehnatli osh osh bo’lar,
    Mehnatsiz osh — tosh.
  21. Osh quli — ish kasali.
  22. Oq qo’l — osh egasi,
    Kuch qo’l — ish egasi.
  23. Теk turmaganga osh ber,
    Ikki qo’liga ish ber.
  24. Ko’ngil tortgan osh — halol.
  25. Eldan osh yesang, elga osh ber.
  26. O’g’irlik osh badanga yuqmas.
  27. Dushmanni musht bilan urma,
    Osh bilan ur.
  28. Yomonga osh berguncha,
    Yaxshiga bosh ber.
  29. Yomonga osh tortguncha,
    Boshiga besh tort.
  30. Omon bo’lsang, osh yersan,
    Yomon yursang, tosh yersan.
  31. Tosh bilan urganni osh bilan ur.
  32. Tosh otganga osh ot.
  33. Qoshiq bilan osh berib,
    Sopi bilan ko‘z chiqarma.
  34. Odam so’zi bilan sinalar,
    Osh — tuzi bilan.
  35. Ochiq til osh yedirar,
    Achchiq til tosh yedirar.
  36. Yaxshi osh berguncha, yaxshi so‘z ber.
  37. Oz qayg’uni osh bosar,
    Ko’p qayg’uni do’st bosar.
  38. Ayron osh bo’lmas,
    Nodon — bosh.
  39. So‘ngak osh bo’lmas,
    Nodon bosh bo’lmas.
  40. Bilimsiz kishiga ish yo‘q,
    Ilmsiz kishiga osh yo‘q.
  41. Hunar oshxo’rga osh berar,
    Nonxo’rga — non.
  42. Mard ish ustida bilinar,
    Nomard — osh ustida.
  43. 0‘g‘irlik osh badanga yuqmas,
    Yomon bola ota-onaga boqmas.
  44. Yo’qcha guruch osh bo’ladi,
    Mehmon ko’ngli shod bo’ladi.
  45. Qo‘noqqa osh ber, otiga — yem.
  46. Asl qushning bolasi
    Oldiga qo‘ymay osh yemas.
  47. Baxildan tosh so’raguncha,
    Gadoydan osh so’ra.
  48. Tog’ belgisi tosh bilan.
    Boy belgisi osh bilan.
  49. Kamtar bo’lsang, osh ko’p,
    Manman bo’lsang, tosh ko‘p.
  50. Kambag’alning osh ustida burni qonar.
  51. Pazandaning go‘jasidan osh chiqar,
    Noshudning palovidan tosh chiqar.
  52. Bardoshliga yog’lik osh,
    Sabrsizga osh ham tosh.
  53. Elda er atansang,
    El senga oltin tovoqda osh berar.
  54. Arpa-bug’doy osh bo’lar,
    Oltin-kumush tosh bo’lar.
  55. Osh — avliyo, non — payg‘ambar.
  56. Ochlik osh tanlatmas,
    Oshiqlik yosh tanlatmas.
  57. Qaynonaga tosh otsang, tosh olasan,
    Qaynonaga osh bersang, osh olasan.
  58. Og’a-ini totuv bo’lsa, ot ko‘p,
    Opa-singil totuv bo’lsa, osh ko’p.
  59. Og’ayni biriksa, bosh ko’payar,
    Ovsin biriksa, osh ko’payar.
  60. Oldingga osh tortsa, otasining xunidan kech.
  61. Arazlagan bolaga osh totli.
  62. Umringdan bir kun qolguncha, osh ye,
    Pulingdan bir tiyin qolguncha, osh ye.
  63. Och kishiga osh qo’ysang, betingga qaramas.
  64. Osh totig‘i — tuz.
  65. Suyuq osh ichdim, qornim to’q,
    O‘rnimdan tursam, hech narsa yo‘q.
  66. Oson yerda osh qayda.
  67. Mol yig‘sang, qo‘nishini top,
    Osh yesang, idishini top.
  68. Osh kutsa ham, ish kutmas.
  69. Ertaga osh qolsa — davlat,
    Ish qolsa — mehnat.
  70. Tor yerda osh yegandan,
    Keng yerda musht ye.
  71. Bor belgisi osh bilan.
  72. Bor bolasiga yetti osh berar.
  73. Osh ham qarz, tosh ham.
  74. Qozon to‘la osh bo‘lsin,
    Yostiq to‘la bosh bo‘lsin.
  75. Oltmishga kirgan otadan osh so‘rama.
  76. Qor yog’di — don yog’di,
    Yomg‘ir yog’di — osh yog’di.
  77. Qor — osh bilan non.
  78. Bedavlatdan osh qochar.
  79. Kambag‘al osh topsa,
    Qo’ygani idish topmas.
  80. Qashshoq osh topgan kuni og‘zi kuyar.
  81. Zolim oshi osh bo’lmas,
    Yomon yig‘ilib bosh bo‘lmas.
  82. Erga bersang oshingni,
    Erlar silar boshingni.
    Itga bersang oshingni,
    Itlar g‘ajir boshingni.
  83. Dushm an oshingni yer,
    So‘ngra boshingni yer.
  84. Yot oshingga qaraydi,
    Do‘st — boshingga.
  85. Shirin oshing boim asin,
    Shirin so‘zing bo‘lsin.
  86. O‘z uyingda oshing bo’lsa,
    Kishi uyida g’ashing bo’lmasin.
  87. Yaxshiga bersang oshingni,
    Yaxshilar silar boshingni.
    Yomonga bersang oshingni,
    Itga tashlar boshingni.
  88. Nima solsang oshingga,
    Shu chiqar qoshig‘ingga.
  89. Ishimning boshi yo‘q,
    Oshimning moshi yo‘q.
  90. Do‘stsiz boshim — tuzsiz oshim.
  91. Oz oshim — g‘avg‘osiz boshim.
  92. Birovga bersam — essiz oshim,
    Uyda tursa — sasir oshim.
  93. Bir qoshiq oshim —
    G‘alvasiz boshim.
  94. Ish oshga tortar,
    Yalqovlik — boshga.
  95. Ishga — no’noq, oshga — o’rtoq.
  96. Yomon oshga o’rtoq,
    Boshga — to’qmoq.
  97. Yomonni ishga emas, oshga chaqir.
  98. Til yugurigi — boshga,
    Oyoq yugurigi — oshga.
  99. Kambag’alning og‘zi oshga yetganda,
    Boshi toshga tegar.
  100. Ro‘zg‘or tushdi boshga,
    Qo‘l tegmadi oshga.
  101. Qarindoshingni oshga chaqir, choshga chaqirma.
  102. To‘ng‘izni moshga o‘rgatma,
    Qo‘shnini — oshga.
  103. Oz oshga yasovul bo‘lma.
  104. Oz oshga imdov yo‘q.
  105. Boshning yugurigi — boshga,
    Qo’lning yugurigi — oshga.
  106. Buyurgan oshga tish tegar,
    Yoz tegmasa, qish tegar.
  107. Oshni ayasang — oshga,
    Nonni ayasang — nonga.
  108. Yosh kelsa — ishga,
    Qari kelsa — oshga.
  109. Tuzsiz oshning epi oson,
    Tuzsiz gapning epi qiyin.
  110. Qo’yni qassob so‘ysin,
    Oshni oshpaz pishirsin.
  111. To‘yar oshni ko‘z taniydi,
    Oshnani — ko‘ngil.
  112. Og‘izga solgan oshni yuta bilmoq kerak,
    Qo‘lga kiritgan davlatni tuta bilmoq kerak.
  113. Sherikli oshni it ichmas.
  114. Uyalmagan buyurmagan oshni yer.
  115. Oshning ta’mi tuz bilan,
    Suvning ta’mi muz bilan.
  116. Tuzsiz oshni it ichmas.
  117. Sho’rvaning beti — oshning keti.
  118. Nomardning palovidan,
    Mardning yovg‘on oshi yaxshi.
  119. Mehmon kelsa, pastga tush,
    Palov bermoq ahdga tush.
  120. Boy bo’lsang, sholg‘om ye,
    Kambag‘al bo’lsang — palov.
  121. Pazandaning go‘jasidan osh chiqar,
    Noshudning palovidan tosh chiqar.