15 ta maqollar osmon, samo, falak haqida

Ushbu sahifada osmon va ko’k so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Osmonga og’iz ochgan och qolar.
  2. Haqiqat — osmonda,
    Narvoni — hamyonda.
  3. Inson — odobi bilan,
    Osmon — oftobi bilan.
  4. Boshing osmonga yetsa ham
    Yerga qarab yur.
  5. Baxt — sandiqda, kaliti — osmonda.
  6. Osmon yig‘lamay, yer kulmas.
  7. Osmon ola — yer ola
  8. Osmondan nam tushmasa, giyoh unmas.
  9. Osmon to‘la farishta,
    Har qaysisi bir ishda.
  10. Osmon — yiroq, yer — qattiq.
  11. Osmonga otgan toshing,
    Qaytib tushib yorar boshing.
  12. Ko‘kka boqma, ko‘pga boq.
  13. Og‘zingni ko‘kka ochma,
    Halol mehnatdan qochma.
  14. Ko‘kka boqqan yiqilar.
  15. Ko’kka tupurma, yuzingga tushar,
    Notolgkri gapirma, boshingga tushar.