22 ta maqollar OTA-ONA haqida

Ushbu sahifada ota va ona so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Yomon farzand ota-onani yerga qaratar,
    Yaxshi farzand ota-onani elga oralatar.
  2. Ota-onasini tanimagan tangrisini tanimas.
  3. Daraxtiga ko‘ra — mevasi,
    Ota-onasiga ko‘ra — bolasi.
  4. Tog‘ yerdan o‘sib chiqar,
    Odam — ota-onadan.
  5. Ota-ona — davlating,
    Farzandlaring — savlating.
  6. Bir qizga yetti qo’shni — ota-ona.
  7. Yaxshi qo‘shni — ota-ona,
    Yomon qo’shni — boshga balo.
  8. Davlating — ota-onang,
    Savlating — o‘g‘il-qizing.
  9. Ota-ona duosi,
    O‘tga, suvga botirmas.
  10. Ota-onaning dog’i — oz-moz,
    Farzand dog‘i tinch qo‘ymas.
  11. Ota bilan qolgan — shum yetim,
    Ona bilan qolgan — gul yetim.
  12. Ota bo‘lmay, ota qadrini bilmas,
    Ona bo’lmay, ona qadrini bilmas.
  13. Otang bolasi bo’lma,
    Odam bolasi bo‘l.
  14. Ota g‘ayratli bo’lsa,
    Bola ibratli bo’lar.
  15. Ota bo‘lish oson, odob berish qiyin.
  16. Bola — xizmatda, ota — izzatda.
  17. Ot о’rnini toy bosar,
    Ota o’rnini — o‘g‘il.
  18. Bola — loy, ona — kulol.
  19. Ona — olam faxridir.
  20. Ona bilan bola — gul bilan lola.
  21. Ona — daraxt, bola — meva.
  22. Bola yig‘lamasa, ona sut bermas.