28 maqollar: oziq-ovqat, taom, yemish haqida

Ushbu sahifada oziq ovqat, taom va yemish so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Issiq ovqat — tanga rohat
  2. Kechki ovqat — zahar,
    Ovqat yegin sahar.
  3. Qorning ochmasdan ovqat yegin,
    Qorning to‘ymasdan qo‘l artgin.
  4. Yoshni xudo saqlar,
    Qarini — ovqat.
  5. Pishgan ovqatning umri qisqa.
  6. Bemor o‘ziga yoqmagan ovqatga o‘ch.
  7. Bir kunlik yolga chiqsang,
    Bir haftalik oziq ol.
  8. Safarga otlansang, otga qoziq ol,
    Bir kunlik yo’l uchun yillik oziq ol.
  9. Oziqlangan yer,
    To‘ydiraman der.
  10. Ovqatni tuz mazali qilar,
    Odamni — so‘z.
  11. Itning ovqati — yuvindi.
  12. Oyoq yerga tegmasa — ulov,
    Tish tishga tegmasa — ovqat
  13. Ziqnanikiga mehmon kelmas,
    Kelsa ham ovqat yemas.
  14. Yaxshiga iyarsang — oziq,
    Yomonga iyarsang — yoziq
  15. Ovni — oziq bilan,
    Odamni — so‘z bilan
  16. Oziqli ot horimas,
    Qarindoshli qarimas.
  17. Eshakka bir tup shuvoq ham oziq, ham qoziq.
  18. Taom lazzati o’zida.
    Odam lazzati — so’zida.
  19. Taom — o‘sha taom, illati moshga,
    Eshak — o‘sha eshak, to‘qimi boshqa
  20. Taom tuz bilan,
    Tuz o’lchov bilan.
  21. Shirin taomning achchiq kekirigi bo’lar.
  22. Taom topilganda, yegan yaxshi,
    Kafan topilganda, o’lgan yaxshi.
  23. Oltmishingda olma eksang,
    Yetmishingda yemishin yersan.
  24. Halol ish — lazzatli yemish.
  25. Itimning bog’i yo‘q,
    Yemishi qora charos.
  26. Molga bersang soz yemish,
    Boqar seni yoz-u qish.
  27. Qul ering bo’lsin,
    Quymoq — yemishing.
  28. Yo‘ldoshing olaqarg’a bo’lsa,
    Yemishing go’ng bo’lar.