63 maqollar pul, boylik, mol dunyo, xazina haqida
Ushbu sahifada pul, boylik, mol dunyo, xazina, davlat so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Pul — belga quvvat, boshga — toj.
- Puling bo‘lsa, yer ol.
- G‘arib bo’lmay, bilmas elning qadrini,
Mehnat qilmay, bilmas pulning qadrini. - Pulni bersang pulliga ber, puling kuymas.
- Pul pulni topar,
Yo’l yo‘lni topar. - Pulni topish oson, saqlash qiyin.
- Pul to‘plasang, kul bo‘lar,
Somon to‘plasang, pul bo‘lar. - Pulni topgan xarjlasin.
- Pulning onasi — tiyin.
- Sanoqli mol yo‘qolmas.
- Pul bo’lsa, changalda sho‘rva.
- Puli borning yo’li o‘ng.
- Pul topadigan bo’lguncha,
Pulni tutishni o‘rgan. - Pul topguncha, aql top.
- Ro’zg’or o‘lchov bilan,
Boylik tejov bilan. - Boylik ushoqdan yig‘ilar.
- Kimning moli, puli bo’lsa,
Avliyoning o‘g’li shul.
Dunyo, moli bo‘lmasa,
Tomni teshgan o‘g‘ri shul. - Pul orttirma, do’st orttir.
- Yuz so’m puling bo’lguncha,
Yuzta do‘sting bo’lsin. - Puling bo‘lmasa, bo‘lmasin,
Shirin so‘zing bo‘lsin. - Vaqt aqchadur,
G’ofil bo’lma, qochadur. - Ko’ngil pulga topilmas.
- Puli borning nozi bor.
- Kasal jonning harakatida,
Tabib pulning harakatida. - Ekilmagan ekinning ustidan pul olma.
- Pul ketsa-ketsin, obro‘ ketmasin.
- Qora pulni qora kunga saqla.
- Pul tilni biyron, dastni daroz qilar.
- Yerni suv buzar,
Odamni — pul. - Xasisning pulidan yulduz yaqin.
- Qamish suvga to’уmas,
Xasis — pulga. - Puli borning og’zi o‘ynar,
Puli yo‘qning ko‘zi o‘ynar. - Puli ko’pning ko‘zi ko’r.
- Bozorda bari bor,
Puling bo’lmasa, nari bor. - Bu dunyoning xo‘rligi —
Kissangda pulning yo‘qligi. - Mehnatning ko’zini topgan
Boylikning o’zini topar. - Aqldan ortiq boylik yo‘q.
- Tekin boylik axtarguncha,
O‘zingga bop hunar top. - Asl boylik — qanoat.
- Hurmat — bitmas boylik.
- Boylik boylik emas,
Ahillik — boylik. - Chin boylik — imon boyligi.
- Boylikning boshi — sog‘liq.
- Salomatlik — tuman boylik.
- Kamtarlik — katta davlat.
- Tez kelgan davlatning qadri yo‘q.
- Yaxshi niyat — yarim davlat.
- Yoshingni oshir,
Davlatingni yashir. - Dehqonning xazinasi — yer,
Kaliti — ter. - Yo’l yurgan xazinaga yo’liqar.
- Xazina g’oyibdan emas, mehnatdan.
- Yo‘l quvgan xazinaga yo‘liqar,
So’z quvgan — baloga. - Hunar — tuganmas xazina.
- Yaxshi xotin — xazina.
- Mehnatsiz topilgan mol hisobsiz ketar.
- Kamtar kerilmaydi,
Mol-dunyoga berilmaydi. - Moling ko‘p bo‘lsa, maqtanma,
Boshing ko‘p bo‘lsa, to‘planma. - Mol-dunyo topilar, odam topilmas.
- Moling borida — ana do‘st.
Moling yo‘g‘ida — qani do’st. - Mol yig‘sang, qo‘nishini top,
Osh yesang, idishini top. - Molingga suyanma, oringga suyan.
- Dunyo moli dunyoda qolar.
- O’zing topmagan molning qadri yo’q.