29 ta maqollar qarindosh, urug' aymoq haqida
Ushbu sahifada qarindosh, urug' aymoq so'zlari ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Qarindoshdan qarz olma,
Qarindoshga qiz berma. - Qarindoshingga qarz berma,
Bersang so'rama. - Qozonga qaragan qarindosh emas,
Qarashgan — qarindosh. - Qarindoshing qarindosh emas,
Kasbdoshing — qarindosh. - Qattiq gap qarindoshga ham yoqmas.
- Yaxshi do'st yuz qarindoshdan yaxshi.
- Mehr bilmas qarindoshdan,
Mehr bilgan yot yaxshi. - Qadr bilmas qarindoshdan
Yaqindagi yot yaxshi. - Yaxshi qo'shni uzoq qarindoshdan yaxshi.
- Bemehr qarindoshdan
Mehr bilgan yot yaxshi. - Bir ko'rgan — tanish,
Ikki ko'rgan — oshna,
Uch ko'rgan — qarindosh. - Borsang — qarindosh,
Bormasang — begona. - Bo'ladan qarindosh bo'lmas.
- Qayg'u kunda — qarindosh.
- Yomon qarindoshga yalinguncha,
Qora qozoningga yalin. - Yordami yo'q qarindoshdan
Yetti yot begona yaxshi. - Yot — yeguncha, qarindosh — o'lguncha.
- Jon qarindosh mol qarindosh emas.
- Kasal oshdan,
Davo — qarindoshdan. - Qarindoshim — qora qozonim,
Urug'im — unli chuvolim. - Qarindoshing kelsa-kelsin,
Bo'z xaltasi kelmasin. - Qarindoshingni oshga chaqir, choshga chaqirma.
- Qarindoshli qarimas.
- Qarindoshning tovushi qorong'ida belgili.
- Qozilashgan qarindosh bo'lmas.
- Qon qarindosh — jon qarindosh.
- Bor qarindosh — qarindosh,
Yo'q qarindosh — ziyondosh. - Urug'ingga so'z aytsang,
Orasini uzib ayt. - Urug'-aymog'im — quyuq qaymog'im.