35 maqollar qariyalar, keksalar haqida
Ushbu sahifada qari va keksa so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Aqlli qariya — oqib turgan daryo.
- Qariyali uyda qo‘y ham omon, bo‘ri ham yo‘q.
- Bola — shirinlikning adoyi,
Qariya — shirin so‘zning gadoyi. - Keksaga yo‘l ber,
О‘zing ham qartayasan. - Keksa qassob tushiga
Tunda mingta qo’y kirar. - Yoshlikdagi g‘ayrat — keksalikdagi rohat.
- Yigitga og‘ir narsa ham yengil tuyular,
Keksaga yengil narsa ham og‘ir tuyular. - Yo’tal — keksaning hamrohi.
- Keksalik — ko’prik.
- Keksaning yoshini so’rama, ishini so’ra.
- Har keksadan bir naql.
- Boboning tol ekkani —
O’ziga nom ekkani. - Ko‘p qarining ichida,
Bir bola dono bo’lur.
Ko‘p bolaning ichida,
Bir qari bola bo’lur. - Devor bino bo‘lmas,
Qari bo’lgan bilan dono bo‘lmas. - Dono qarisa ham, donoligi qarimas.
- Qari-qari demangiz,
Qarini quruq qo’ymangiz. - Qari bor uyda pari bor.
- Yaxshi odam qarisa ham so’zi aynimas,
Yaxshi ot qarisa ham, yurishi aynimas. - Qarib quyulmagan, achib suyulmas.
- Bir qarining gapiga kir,
Bir — parining. - Qaring bor — barakang bor.
- Bo‘ri qarisa ham bitta qo‘yga kuchi yetar.
- Otang qarisa, qul olma,
Onang qarisa — cho‘ri. - Yoshligingda odatlansang,
Qariganda ko‘nikasan.
Qariganda odatlansang,
Ko‘nikkancha ko‘milasan. - Yosh kelsa — ishga,
Qari kelsa — oshga. - Yosh ketaman deb qo‘rqitar,
Qari — o’laman deb. - Yoshni xudo saqlar,
Qarini — ovqat. - Tuya qarisa, bo‘tasiga ergashar.
- Qari bor uyning zari bor.
- Qarisi bor uyning parisi bor,
Parisi bor uyning barisi bor. - Qarida xislat ko’p.
- Qarilik — bolalik.
- Qarilik — davosiz dard.
- Qarilikni donolik bezar,
Yoshlikni — kamtarlik. - Qarining ko‘zi — qozonda.