18 maqollar qarz haqida
Ushbu sahifada qarz so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Darding bo’lsa bo’lsin, qarzing bo’lmasin.
- Qarz etma birovdan,
Qutilmaysan ingrovdan. - Qarz olmoq oson, bermoq qiyin.
- Qarz — muhabbatning qaychisi.
- Qarz, qarzni berish farz.
- Qarz bersang, do‘st ko‘payar,
Talab qilsang — dushman. - Yomondan qarz olsang, ham yo’lda qistaydi,
Ham — go’rda. - Qarz tovush chiqarmasa ham,
Uxlagani qo‘ymas. - Qudangdan qarz so‘rama.
- Qo‘shni oshi — qo’shniga qarz.
- Qarindoshdan qarz olma,
Qarindoshga qiz berma. - Qarindoshingga qarz berma,
Bersang so‘rama. - Qarzdorning yolg’oni cho’ntagida bolalar.
- Qarzdorning cho’ntagi teshik.
- Qarz beruvchi — arslon,
Qarz oluvchi — sichqon. - Qarz olgan qochar,
Qarz bergan quvar. - Osh ham qarz, tosh ham.
- Boydan qarzing uzilguncha,
Bo‘yning uzilar.