27 ta maqollar qor va yomg’ir haqida
Ushbu sahifada qor va yomg’ir so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Qalovini topsang, qor yonar.
- Qor yog‘di — iz bosildi.
- Qolgan ishga qor yog‘ar.
- Qor — osh bilan non.
- Qarimtaning ustiga qor yog’mas.
- Tuya o‘yin tushsa, qor yog’ar.
- Tog’ning ko’rki qor bilan,
Erning ko’rki yor bilan. - Har kimning tomiga qor yog‘sa, o‘zi kuraydi.
- Qor yerning — ko’rpasi,
Yomg’ir — yerning sho’rvasi. - Savalab yoqqan yomg‘ir yomon,
Maydalab yoqqan qor yomon. - Toqqa qalin qor tushgani —
Yerning qonib suv ichgani. - Qarg’a ketmay, qor ketmas,
Turna kelmay, muz ketmas. - Qor yog’di — don yog’di,
Yomg‘ir yog’di — osh yog’di. - Qor yog’di deb sevinma,
Ayozlari bor.
Xo’ja keldi deb sevinma,
Niyozlari bor. - Qor yog’di deb suyunma,
Qirovlari bor.
So‘fi keldi deb suyunma,
So‘rovlari bor. - Tinchlik bilan el ko‘karar,
Yomg‘ir bilan — yer. - Qordan qutulgan, yomg‘irga tutilar.
- Haydan kelgan huvga ketar,
Yomg‘irdan kelgan suvga ketar. - Jalada qolgan yomg‘irdan qo’rqmas.
- Eldan tomgani — yomg‘ir yoqqani.
- Ko‘p yomg‘ir yerni buzar,
Ko‘p gap elni buzar. - O‘tib ketgan yomg‘irning ketidan o‘pkalama.
- Qor yerning — ko’rpasi,
Yomg’ir — yerning sho’rvasi. - Yomg’irdan o‘t-o‘lan o’sar,
Qo‘shiqdan — ko‘ngil. - Yoz yomg’iri yondan o’tar,
Qish yomg’iri — jondan. - Yozning yomg‘iridan qo‘rq,
Qishning — qirovidan. - Yomg‘ir — ekinning joni.