33 ta maqollar qo'ni qo'shni haqida

Ushbu sahifada qo'ni qo'shni so'zlari ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Hovli olma, qo'shni ol.
  2. Yaxshi qo'shni uzoq qarindoshdan yaxshi.
  3. Qizing bo'y yetsa, qizi yaxshi bilan qo'shni bo'l,
    O'g'ling er yetsa, o'g'li yaxshi bilan qo'shni bo’l.
  4. Gilam sotsang, qo'shningga sot,
    Bir chetida o'zing o'tirasan.
  5. Yomon bilan yer qo'shni ham bo'lma
    Go'r qo'shni ham bo'lma.
  6. Iting yomon bo'lsa, otib qutulasan,
    Oting yomon bo'lsa, sotib qutulasan,
    Qo'shning yomon bo'lsa, ko'chib qutulasan,
    Ering yomon bo'lsa, ketib qutulasan,
    Fe'ling yomon bo'lsa, o'lib qutulasan.
  7. Qo'shning tinch — sen tinch.
  8. Aqlsiz qo'shnidan bitta himmat yaxshi.
  9. Qo'shni oshi qorin to'ydirmas,
    Mehr-u oqibatni oshirar.
  10. Avliyo ham qo'shnisini qo'llar.
  11. Bir qizga yetti qo'shni — ota-ona.
  12. Yon qo'shni — jon qo'shni.
  13. Yaxshi qo'shni — ota-ona,
    Yomon qo'shni — boshga balo.
  14. Qiyomat kuni — qo'shnidan.
  15. Qudangdan qo'y so'rama,
    Qo'shningdan uy so'rama.
  16. Qo'shni devor tagini kavlasang,
    O'zingga darcha ochilar.
  17. Qo'shni keldi — ko'mak keldi,
    Et keldi — suyak keldi.
  18. Qo'shni oshi — qo'shniga qarz.
  19. Qo'shni qo'shnidan erta turishni o'rganar.
  20. Qo'shni — qo'shnining bozori.
  21. Qo'shniga qo'shnining tovug'i ko'rkli ko'rinar.
  22. Qo'shnida pishar,
    Bizga ham tushar.
  23. Qo'shnimning bilgani — hammaning bilgani.
  24. Qo'shning yomon bo'lsa, yomonlik kelar,
    Qo'shning yaxshi bo'lsa — omonlik.
  25. Qo'shnining oshi — totli.
  26. Qo'shnining oshi — g'avg'oning boshi.
  27. Qo'shnining tovug'i g'oz ko'rinar,
    Kelinchagi — qiz.
  28. Qo'shnisi yaxshi qarimas.
  29. To'ng'izni moshga o'rgatma,
    Qo'shnini — oshga.
  30. Ayrilmas qo'shningga uyatli so'z aytma.
  31. Kulma qo'shningga,
    Qaytib kelar boshingga.
  32. Boy qo'shningdan so'raguncha,
    Yo'q uyingni axtar.
  33. O'zingga ehtiyot bo'l,
    Qo'shningni o'g'ri tutma.

→ Boshqa mavzular bo’yicha o’zbekcha maqollar