14 ta maqollar QOVUN haqida

Ushbu sahifada qovun so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Qovun qovundan rang olar.
  2. Pishgan qovun palakda yotmas
  3. Qovun ichidan iriydi.
  4. Bemaza qovunning urug’i ko‘p.
  5. Qovun tilaganga — qon yalatib.
  6. Qovunning sarasini it yer,
    Olmaning sarasini — qurt.
  7. Qovunni dushmaningga kestir,
    Go‘shtni — do‘stingga.
  8. Qovoq ekib, qovun kutma.
  9. Qovuni yo‘q kuz bo’lganini bilmas,
    Sovuni yo‘q yoz bo‘lganini bilmas.
  10. Qovun eksang polizga,
    Joy qilib qo‘y dahlizga.
  11. Qovun yesang, sahar ye,
    Sahar yemasang, zahar ye.
  12. Bug’doy olaman desang, qovun polga ek,
    Paxta olaman desang — jo‘xori polga.
  13. Tarvuz — davo, qovun — sabo.
  14. Qovun ekkan qovoq olmas.