10 ta maqollar quyosh, oftob haqida
Ushbu sahifada quyosh va oftob so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Quyosh botsa, yana chiqar.
- Oftobni qo‘l bilan yashirib bo‘lmas.
- Quyosh, havo — tanga davo.
- Quyosh havoni isitar,
Do’st — qalbni. - Odamning yuzi quyoshni uyaltirar.
- Odamning yuzi quyoshni ilitar.
- Quyosh qoraymas, oltin zanglamas.
- Inson qalbi quyoshdan yorug’.
- Kuzgi oftobga qizingni qo‘y,
Yozgi oftobga keliningni qo‘y. - Suvdan — qatra, oftobdan — zarra.