Maqollar 1 dan 10 gacha raqamlar va sonlar ishtirokida
Ushbu sahifada raqamlar, sonlar ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
1
Yangilik yaratar bir kishi,
Bahramand bo’lar har kishi.
*
Hikmat — bir hovuch oltin.
*
Bir ko‘zlilar eliga borsang,
Bir ko‘zingni qisib yur.
*
Dono — bir joyda,
Dangasa — har joyda.
*
Bir so’zlining yuzi — yorug’
Munofiqning yuzi — choriq.
2
Erinchoq ikki ishlar,
Oxiri barmog’ini tishlar.
*
Yaxshilik ikki jahonni orttirar.
*
Mehmonga osh qo’y,
Ikki qo’lini bo‘sh qo’y.
*
0‘g‘il bilan qizing —
Bamisoli ikki ko‘zing.
*
Ikki quyonni quvlagan birini ham tutolmas.
3
Uch kishi bilgan sirni
Yuz kishi bilar.
*
Uyatliga — uch kun hayit,
Uyatsizga — har kun hayit.
*
Uch kun barvaqt turgan bir kun yutar.
*
Shivirlashgan uch bo’lsa, sir yotmas.
*
Uch oylik ko‘kcha — boylik.
4
To’rt xotin bir bo’lsa,
Kasbi — o’lan aytish.
*
Poraxo‘rning ko‘zi beshta,
Qo’li — to‘rtta.
*
Muhabbat — bitta, ko’z — to’rtta.
*
To’rtta shap-shapdan,
Bitta hap-hap yaxshi.
*
Bugun oyog‘ing to’rtta bo‘lsa,
Ertaga tuzli xalta yelkangda.
5
Besh barmoq barobar emas.
*
Besh panjangni og‘zingga tiqma.
*
Besh qolim past-u baland,
Beshovi asal-u qand.
*
Dashnom yeganim — besh non yeganim.
*
Ter to ‘kkanga — besh yong‘oq,
To’kmaganga — puch yong‘oq.
6
Ish buyurdim olti tozga,
Olti toz qo‘ydi yozga.
*
Oltmish yashar ahmoqdan
Olti yashar dono yaxshi.
*
Olti o’g’illining olti arshda moli bor.
*
Yaxshi o’g’il otadan olti botmon ziyod bo’lar,
Yomon o’g’il otadan olti botmon kam bo‘lar.
*
Eshak oyog’i ostini ko’zlar,
Ot olti oylik yo’lni izlar.
7
Yetti o’lchab, bir kes.
*
Yetti yoshga yetguncha,
Yer to‘qmog‘in yersan.
*
Bir qizga yetti qo’shni — ota-ona.
*
Bir tog‘a yetti ota o‘rniga o’tar.
*
Bir sinalgan tajriba
Yetti kitobdan afzal.
8
Baliqning ham sakkiz qanoti bor.
*
Sakson biya, sakkiz tuya —
Sepli qizning qalini.
*
Sag’irga sakkiz kun hayit.
*
Sanamay sakkiz dema,
O’ylamay — o’ttiz.
*
Sakkiz sigir asraguncha,
Bir govmish asra.
9
To’qqizida bo‘lmagan aql,
To‘qsonida ham bo’lmas.
*
To’ygan yerga to’qqiz kun — ta’zim.
*
Olarda hisobi — to’qqiz,
Berarda sanog’i — o’ttiz.
*
Og’izda to‘ymagan, to’qqizda to’ymas.
*
O’n oylik o‘zdirar,
To’qqiz oylik to’ydirar.
10
Berganga bir ham ko’p,
Olganga o’n ham oz.
*
Eshagi — bir tanga.
Tushovi — o’n tanga.
*
0’g’il uylantirganga o‘n yil,
Qiz chiqarganga qirq yil yondashma.
*
Qirib yesang, qirq kunga yetar,
0‘yib yesang — o‘n kunga.
*
Nasiyaning o‘n so‘midan
Naqdning bir so‘mi yaxshi.