11 ta maqollar reja haqida

Ushbu sahifada reja so'zi ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Rejali ish — hamisha besh.
  2. Rejali ish — tejamli ish.
  3. Rejali ish buzilmas.
  4. Rejasiz daraxtzor — changalzor.
  5. Rejasiz ish — qolipsiz g'isht.
  6. Ertaning rejasini bugun tuz.
  7. Qolipsiz g'isht bitmas,
    Rejasiz ish bitmas.
  8. Behuda urinsang, poyoni bo'lmas,
    O'ylanib qilsang, ziyoni bo'lmas.
  9. Bozor borsang, avval oqshomdan taraddud ko'r.
  10. Yetti o'lchab, bir kes.
  11. Ish avvalini bir o'ylasang,
    Oxirini besh o'yla.

→ Boshqa mavzular bo’yicha o’zbekcha maqollar