25 ta maqollar sabr toqat, bardosh va umid haqida
Ushbu sahifada sabr toqat, bardosh va umid so'zlari ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Kamoli imon — sabr
- Sabr bilan mehnat qilgan boy bo'lar.
- Odob bilan baxt topilar,
Sabr bilan — taxt. - Sabr — achchiq, mevasi — shirin.
- Sabr — yutuq kaliti.
- Sabr tagi — sari oltin,
Sabr bilan chiqar oting. - Sabr etgan yetar murodga,
Besabr qolar uyatga. - Sabr qilgan moy oshar,
Olqish olgan ko'p yashar. - Bardoshliga yog'lik osh,
Sabrsizga osh ham tosh. - Boriga rozi bo'l,
Yo'g'iga sabr qil. - Sabr so'nggi — so'm oltin.
- Sabr tagi — rahmon,
Shoshgan ishi — shayton. - Sabr tog'ni yiqitar.
- Sabr — umr xazinasi.
- Sabr — shodlik kaliti.
- Sabrli bo'lsang, o'zarsan,
Sabrsiz bo'lsang, to'zarsan. - Sabrli kishining ishi soz.
- Toqat qilsang, tog' egilar,
Sabr qilsang, bog' egilar. - Chidamli er lochin tutar.
- O'ttiziga chidagan O'ttiz biriga ham chidar.
- Umid qildim — yetdim,
Noumid bo'ldim — yiqildim. - Umidi yo'qning imoni yo'q.
- Umidingni uzma,
Ko'nglingni buzma. - Umidsizlik uyin buzsang,
Umidingga yetarsan. - Jumadan umiding bo'lsa,
Payshanbadan harakat qil.