11 maqollar salom, salomlashish haqida

Ushbu sahifada salom so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.

  1. Itning irrilagani — salomlashgani.
  2. Savolga — javob, salomga — alik.
  3. Ahmoqqa salom berdim,
    Besh tanga tovon berdim.
  4. Besalom odam — to‘ng,
    Beaql odam — gung.
  5. Avval salom, bad’az kalom.
  6. Kattaga salom ber,
    Kichikka — kalom.
  7. Salom — kattadan,
    Alif — nuqtadan.
  8. Salom ham — farz,
    Alik ham — farz.
  9. Gadoga salom berma, dinor ber.
  10. Xushomadgo‘yning salomi ta’masiz bo‘lmas.
  11. Bog’ingda o‘riging bor,
    Saloming-aliging bor.