39 ta maqollar sevgi muhabbat va oshiqlik haqida
Ushbu sahifada sevgi, muhabbat va oshiq so'zlari ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami yozilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Muhabbat — bitta, ko'z — to'rtta.
- Rostlik — muhabbat elchisi.
- Bir etikka ikki oyoq sig'mas,
Bir yurakka — ikki muhabbat. - Davosiz dard — muhabbat.
- Muhabbat — bir so'z, ma'nosi — dunyo.
- Muhabbat boylikka boqmas.
- Muhabbat — dil mevasi.
- Muhabbat yosh tanlamas.
- Muhabbat muhabbatni tug'dirar.
- Muhabbat — uy poydevori,
Vafo — ustuni. - Muhabbat chiroy tanlamas,
Uyqu — joy. - Muhabbatning ko'zi — ko'r.
- Muhabbatsiz umr — o't olmas ko'mir.
- Husn to'yda kerak,
Muhabbat — kunda. - Bir nafaslik muhabbat,
Boshga keltirar ofat. - Mard yigitga sevgi sinov.
- Gul — hayot bezagi,
Sevgi — inson bezagi. - Inson sevgi bilan tirik.
- Ko'ngil gulini sevgi suvi sug'orar.
- Oltin zanglamas,
Sevgi qarimas. - Sevgi bozorda sotilmas.
- Sevgi — bir, makon — ikki.
- Sevgi degan ikki ko'zda
- Sevgi pulga sotilmas,
Ko'ngil pulga topilmas. - Sevgida zorlik bor,
Zo'rlik yo'q. - Sevging oz — umring oz, Sevging soz — umring soz.
- Sevging toza — umring toza.
- Sevgining bahori bilan shodlanma,
Yoz-u qishi ham bordir. - Sevgining ko'zi ayb ko'rmas.
- Sevgisiz ko'ngil — vayrona.
- Sevdim deb maqtanma,
Sevildim deb maqtan. - Sinadingmi — sev,
Sinamadingmi — qo'y. - Sinalgan sevgi bukilmas,
Bukilsa ham so'kilmas. - Sof sevgi sotilmas,
Yo kesakdek otilmas. - Chin sevgining tili bo'lmas.
- Har dilning sevgisi bor.
- Ma'shuq qayda bo'lsa,
Oshiq shunda bo'lar. - Hamma dardga bor davo,
Oshiqlik dardi — bedavo. - Haqiqiy oshiqlik — ikki yoqdan.