15 ta maqollar sher, arslon haqida
Ushbu sahifada sher va arslon so’zlari ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Sher izini it bosmas.
- Sherning urg‘ochisi ham sher.
- Sherning o’ligi ham ot hurkitar.
- Sher qutursa, oyga sapchir.
- Zo‘r ovchi sher otar.
- O‘z joyida laycha ham sher.
- It ham o’z ko’chasida o’zini sher bilar.
- O’rmonga sher yarashar,
Dehqonga yer yarashar. - Arslon bolasini tutmoq uchun
Arslon uyasiga kirmoq kerak. - Arslonning bo‘kirgani — sichqonning o’lgani.
- Arslonning o‘ligi — sichqonning tirigi.
- Arslon og‘zidan ov olinmas.
- Quyon otolmaganning bolasi arslon otibdi.
- Uyqu arslonni ham yiqitar.
- Arslon qarisa, quyrug’ini o‘ynar.