14 maqollar tabib, shifokor haqida
Ushbu sahifada tabib so’zi ishtirok etgan maqollar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Avom tabib — ofati jon.
- Bilmas tabib jon olar.
- Bemor tuzalgisi kelsa,
Tabib o‘z oyog’i bilan kelar. - Kambag‘alning kasali olisda bo’lsa,
Tabib ham bormas. - Dard ko‘rgan — tabib.
- Kim tabib, boshidan o’tgan tabib.
- Kasal jonning harakatida,
Tabib pulning harakatida. - Tabib haqi naqd bo‘lmasa,
Bemor dardi tuzalmas. - Tabibga ishonmagan bemor tuzalmas.
- Dardingning vaqti o‘tsa,
Tabibdan o’pkalama. - Kasal kamaysa, tabib kasal bo‘lar.
- Kasalni tabib emas, habib tuzatar.
- Tabib tabib emas,
Dard chekkan — tabib. - Mullaning semizidan qo‘rq,
Tabibning — orig’idan.