22 ta maqollar sog'lik va salomatlik haqida
Ushbu sahifada sog'lik, sihat va salomatlik so'zlari ishtirok etgan o'zbekcha maqollar va hikmatli so'zlar to’plami joylashtirilgan. Foydalanilgan manba: «O’ZBEK XALQ MAQOLLARI, 2005, SHARQ» kitobi.
- Harakating — sog'liging,
Mehnating — boyliging. - Tinchhk — baxt, sog'lik — taxt.
- Sog' sog'ning qadriga yetmas.
- Saqlangan sog',
Saqlanmaganning yuragi dog'. - Boylikning boshi — sog'liq.
- Bola sog'ligi — ona boyligi.
- Pokliging — sog'liging.
- Sarimsoq, sarimsoq yeganning tani sog'.
- Sihat tilasang, ko'p yema,
Izzat tilasang, ko'p dema. - Sog'likda xo'rlik yo'q.
- Sog' aql — bol aql.
- Sog' olma shoxidan tushmas.
- Sog' tanda — sog'lom aql.
- Sog' yurak — tog' yurak.
- Sog'lik — umrning garovi.
- Tani sog'ga kunda to'y.
- Tani sog'ning — joni sog'.
- Tozalik — sog'lik garovi.
- El sog'ligi — yurt boyligi.
- Och bo'l, yalang'och bo'l, salomat bo'l.
- Salomatlik — tuman boylik.
- Tan salomati — jon rohati.